PAGODA

PAGODA (portugalcha pagoda, sankritcha — bxachavat) — budda memorial inshooti. Buddizmga aloqador tabarruk narsalar saqlanadigan joy. Pavilyon yoki minora (baʼzan koʻp qatlamli) koʻrinishiga ega. Dastlab, mil. ning boshlarida Xitoyda barpo etilgan. Koreya, Yaponiya, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlari meʼmorligida keng tarqalgan.