PAGAN

PAGAN — myanmalarnnng birinchi davlati (11—13-a. lar). Poytaxti — Pagan sh. Hoz. Myanmaning deyarli barcha hududlarini oʻz hokimiyatiga birlashtirgan. Anorata tomonidan asos solingan. 1057-y. Jan. Birmadagi moi davlatlari birlashtirilishi bilan P. Jan.-Sharqiy Osiyodagi eng yirik davlatlardan biriga aylangan. Davlat dini — buddizm. P. da ulkan miqyosda ibodatxonalar qurilishi olib borilgan (5 mingga yakin ibodatxona va pagoda), bu, ayniqsa, Chanzita hukmronligi davrida (1084—1112) avjga chiqqan. 13-a. ga kelib ichki nizolar tufayli davlat tanazzulga uchragan. 1283-y. Kaungsin yonidagi jangda myanma qoʻshinlari moʻgʻullar tomonidan tormor etilgach, Pagan barham topgan.