PAVLOGRAD

PAVLOGRAD — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar. Volchya daryosi (Dnepr havzasi) boʻyida. T. y. tuguni. Aholisi 137,3 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Donbassning koʻmir qazib oluvchi gʻarbiy qismining markazi. Kimyo mashinasozligi, metall quyish mashinalari, elektr yoritqich armaturalari, koʻn, kanopni qayta ishlash z-dlari, uysozlik k-ti, mebel va tikuvchilik f-kalari bor. Shahar yaqinidan koʻmir qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Mashinasozlik, tibbiyot bilim yurtlari, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi bor. Pavlogradga 1780-y. asos solingan.