LYAODUN QOʻLTIGʻI

LYAODUN QOʻLTIGʻI — Sariq dengizda, Xitoy qirgʻoklari yaqinida, sharqda Lyaodun ya. o. bilan chegaralangan. Uz. 220 km, eni 175 km, chuq. 10—50 m. Qishda muz parchalari suzib yuradi. Suv qalqishi yarim sutkalik (4,4 m gacha). Inkou va Sinxuandao portlari bor.