LABIRINTIT

LABIRINTIT — ichki quloq — labirintning yalligʻlanishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm yoki toksin ichki quloqqa qaysi yoʻl bilan oʻtganligiga qarab timpanogen (oʻrta quloqdan), meningogen (miya qobigʻidan) va gematogen Labirintitga ajratiladi. Kasallik oʻtkir va surunkali, serroz va yiringli, nekrozli turlarga boʻlinadi; yalligʻlanish jarayoni cheklangan yoki tarqoq boʻlishi xam mumkin. Labirintitda bosh aylanishi, ogʻrishi, qusish, quloq shangʻillashi, muvozanat buzilishi, nistagm va b. kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va xiliga qarab buyuriladi.