LABIRINT

LABIRINT (anatomiyada) – baʼzi umurtqali hayvonlar va odamning ichki qulogʻi. Havo tebranishlarini tovush sifatida qabul qiladi va gavda vaziyatining oʻzgarishlarini sezadi, chakka suyagining piramidasida boʻladi. Oval va yumaloq darchalari bilan oʻrta quloqqa tutashadi. Suyak va parda L. ga boʻlinadi. Parda Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Suyak Labirint bilan parda Labirint orasidagi kichik kamgak perilimfa bilan toʻla. Labirintning dahlizi, chigʻanogʻi va yarim doira kanallari bor. Eshitish organi (Korti organi) chigʻanoqda joylashgan, yarim doira kanallar esa muvozanat aʼzosidir.