LYUTER

LYUTER (Luther) Martin (1483.10.10 — Eysleben — 1546.18.2) — Germaniyadagi Reformatsiya arbobi, lyuterchilik asoschisi. Erfurt un-tini tugatgan (1505). 1508-y. dan Vittenberg un-tida dare bergan. Germaniyada katolik cherkoviga qarshi ijtimoiy harakat kuchaygan sharoitda Lyuter 95 tezisi bilan indulgensiyaga qarshi chikdi. Katolik cherkovining asosiy aqidalarini inkor etuvchi bu tezislar uning yangi diniy taʼlimotining mohiyatini tashkil kildi. Lyuter oʻzining yangi qoidalari bilan cherkov va ruhoniylarning jamiyatdagi hukmron mavqeini inkor etib, «ruhni xalos etish»ning yagona yoʻli bevosita xudo ato etgan xristian diniga eʼtiqod qilishdir, deb uktirgan. Bibliyani nemis tiliga tarjima qilgan va shu bilan umum nemis adabiy tili normalarini qaror toptirgan. Lyuter asarlarining toʻla nashri nemis tilida (67 jildda), lotin tilida (38 jildda) chop etilgan.