LUO — Afrikadagi xalqlar guruhi. 2 guruhga boʻlinadi. Shim. Luo (shilluk, anuak va b.) Jan. Sudanda, Jan. Luo (haqiqiy Luolar, alur, acholi va b.) Uganda, Kongo Demokratik Respubli-kasi, Tanzaniya, Keniyada yashaydi. Nil-Sahroi Kabir tillarining sharinil lahjasida soʻzlashadi. Haqiqiy Luolar (oʻzlarini joluo deb ataydilar) Keniya (3,25 mln. kishi) va Tanzaniyada yashaydilar. Umumiy soni 3,47 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Anʼanaviy dinga eʼtiqod qiladilar, xristianlar (asosan, katoliklar), sunniy musulmonlar ham bor.