LUDHIANA — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Satlaj daryosi boʻyida. Aholisi 1,4 mln. kishidan ziyod (2001). Panjob shtatining savdo-sotiq markazi. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, metallsozlik sanoati rivojlangan. Mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, q. x. universiteti (1962) bor. Faner, gugurt, mebel, charm buyumlar ishlab chiqariladi. Qoʻlda gazlama, gilam toʻqiladi, fil suyagidan badiiy buyumlar ishla-nadi, kashta tikiladi.