LUDOLF SONI

LUDOLF SONI — irratsional p sonining 32 ta ishonchli oʻnli raqami bilan olingan taqribiy qiymati (q. Pi soni). Bu son Ludolf van Seylen nomiga qoʻyilgan. Ludolf soni 1615-y. da eʼlon qilingan. Baʼzan p sonining oʻzi asossiz ravishda Ludolf soni deb ataladi.