LUB TOLALI EKINLARI TAJRIBA STANSIYASI, Oʻzbekiston lub tolali ekinlar tajriba stansiyasi — poʻstlogʻidan tolaoli-nadigan ekinlar boʻyicha i. t. ishlari olib boradigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy i. ch. markazi tarkibida. 1925-y. da kanop boʻyicha i. t. ishlari olib boradigan st-ya tarzida Sirdaryo viloyatida tash-kil etilgan. 1971-y. dan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Ahmad Yassaviy nomidagi shirkat xoʻjaligi hududida joylashgan. Umumiy yer mayd. 169 ga, shundan 84 ga maydonda tajribalar olib boriladi. St-yada kanopning Oʻzbekiston 1974, Oʻzbekiston 1503, Oʻzbekiston 2142, Oʻzbekiston 2245 va b. tezpishar, serhosil, tolasining texnologik sifatlari yaxshi boʻlgan navlari chiqarilgan. Shuningdek, st-yada kunjut, lavlagi, kungaboqar, gʻoʻza va b. ekinlar ustida ham tajriba ishlari olib boriladi. St-yada 7 lab. (seleksiya va nav sinash, urugʻchilik, dehqonchilik, agrokimyo, oʻsimliklar himoyasi, tola sifatini birlamchi baholash, iqtisodiy tahlil) mavjud. St-yada 56 xodim ishlaydi, shundan 7 tasi fan nomzodi, 1 fan d-ri.
Ergash Sodiqov.