LUANDA

LUANDA — Angola poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Luanda provinsiyasining maʼmuriy markazi. Atlantika okeani sohilida, Kvanza daryosi quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oxirlari). Iqlimi tropik, sernam iqlim, apr. oyidagi eng yuqori t-ra 33°, iyuldagi eng past t-ra 16,5°; yiliga 250—500 mm yogʻin yogʻadi, Transport yoʻllari tuguni. Yirik port (chetga neft va neft mahsulotlari chikariladi; yillik yuk ortib-tushirish qariyb 3 mln. t). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 50% dan ortigʻi Luandada ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kimyo, rezina-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish asosiy sanoat tar-moqlari hisoblanadi. Luanda yaqinidan neft olinadi. Un-t, kutubxonalar, Angola va Dundu muzeylari bor. Shaharga 1575-y. da portugallar tomonidan asos solingan. 16-a. oxirlaridan L. Portugaliyaning Angoladagi mustamlakasining maʼmuriy markazi va muhim bazasi boʻlgan. 18 — 19-a. larda qul savdosining yirik markazi hisoblangan. Mustamlakachilik davri (17 — 18-a. lar)da qurilgan meʼmoriy yodgorliklar salangan.