LOCHIN (Falco peregrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi maʼlum. Modasi yirik, gavdasining uz. 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, Oʻrta Osiyoda sahro L. i va tundra L. i uchraydi. Sahro Lochini oʻtroq yashaydi; tundra Lochin faqat qishlash uchun uchib keladi. Monogam. Uyasini tomik va jarli joylarga quradi. Alr. —mayda 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bolalari mustaqil uchadigan boʻlguncha otaonasining qaramogʻida boʻladi. Qushlar va b. bilan ozikdanadi. Sahro Lochini va tundra Lochini qushlarni ovlashga oʻrgatiladi.