LOURENS

LOURENS (Lawrence) Ernest Orlando (1901.8.8, Kanton, Jan. Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel un-tini tugatgan (1925). Berkli sh. dagi Kaliforniya un-tida (1930-y. dan prof., 1936-y. dan shu un-t Radiatsiya lab. direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biol. va tibbiyotda qoʻllanishiga oid. 1930-y. da zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — siklotron gʻoyasini ilgari surgan va birinchi namunasini kurgan (amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933-y. da vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaksiyalarni tekshirdi. AQSH atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).