LONG BOʻGʻOZI

LONG BOʻGʻOZI — Vrangel oroli b-n Osiyo sohillari oraligʻida, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlarini birlashtirib turadi. Uz. 128 km, engtor joyining kengligi 146 km, chuq. 36 — 50 m. Yilning koʻp qismi muz bilan qoplangan. Amerika kemasi kapitani T. Long nomi b-n atalgan.