LOYQA

LOYQA, balchiq — 1) suv havzalaridagi juda mayda dispers zarralardan iborat loysimon choʻkindi. U suvning sekin oqishi natijasida daryo, kanal, suv omborlari va b. suv havzalari tubida hamda q. x. ekinlari sugʻorilgandan soʻng dalaning etak qismida yigʻilib qoladi. Paydo boʻlish joyiga koʻra, kul, daryo va b. suv havzasi L. lari, tarkibiga koʻra esa, diatomli, radiolyariyali, ohakli va boshqa Loyqalar farqlanadi;

2) (tuproqshunoslikda) tuproq qattiq fazasi mexanik elementlarining diametri 0,001 — 0,002 mm dan yirik boʻlmagan kismi. Loyqa togʻ jinslari va ular tarkibiga kiruvchi minerallarning nurashi, shuningdek, tuproq paydo boʻlish jarayonida vujudga keladi. Yotqiziqlarning tarkibi va rangiga kura, Loyqa qizgʻish, yashilroq va b. tusda boʻladi. Loyqa amalda oʻzidan suvni deyarli utkazmaydi, lekin unda kapillyar naylar orqali suv koʻtara olish xususiyati yuqori, shuningdek, kup miqdorda nam tutib qolish, boʻkish, qovushqoklik va yopishqoqlik xossalariga ega. Quriganda esa utirib, hajmi kichrayadi. Loyqada chirindi, oziq moddalar, makro – va mikroelementlar, ayniqsa, azot kup. Tuproqda Loyqa qancha koʻp bulsa, unga ishlov berish shuncha qiyinlashadi. Loyqa zarrachalari tuproqning fizik va fizik-kimyoviy xossalari — singdirish, ilashuvchanlik, suv oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik va b. ga katta taʼsir kursatadi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalari tuproqlaridagi Loyqa mikdori turlicha: yengil (qumli, qumloqi) mexanik tarkibli tuproqlarda 5—8%, yengil qumokdi yerlarda 10—12%, urtacha va ogʻir qumoqli yerlarda 14—22%, ishlov berish ogʻir boʻlgan soz mexanik tarkibli tuproqlarda esa 20—25% dan 30—40% gacha. Q. x. ekinlari yetishtiriladigan oʻtloqi, botqoqi-oʻtloki, ayniqsa, botkoqi, taqirli, taqir-oʻtloqi tuproqlarda hamda taqirlarda Loyqaning miqdori yuqori (20—30%). Shuning uchun bu tuproqlar sugʻorish va ishlov berish taʼsirida zichlanish hamda qatqaloq hosil qilishga juda moyil.

Baʼzi koʻl va b. suv havzasining Loyqa lari q. x. ekinlariga oʻgʻit va mineral ozuqa sifatida ishlatiladi.