LOGARIFM (yun. logos — nisbat va — son) — musbat sonlar toʻplamida aniqlangan funksiya. Sonlarni qoʻshish va ayirish ularni koʻpaytirish, boʻlish va darajaga koʻtarishga nisbatan soddaroq boʻlgani uchun yuqoridagi xossalardan foydalanib, Logarifm dastlab texnik hisoblarda keng qoʻllangan. Logarifmik jadvallar tuzilib, logarifmik lineykalardan foydalanilgan. Kompyuterlar ixtiro qilingandan soʻng lineykalarga ehtiyoj qolmadi. Logarifm va logarifmik funksiya tushunchasini shotlandiyalik mat. D. Neper birinchi boʻlib kiritgan va oʻrgangan (1614). Logarifmning chuqur xossalari kompleks sonlar maydonida oʻrganiladi.