LITOLOGIK-FATSIAL XARITALAR

LITOLOGIK-FATSIAL XARITALAR, litologik — paleografik xaritalar — muayyan geologik yoshdagi choʻkindi va choʻkindi-vulkanogen jinslar litologik tarkibi va kalinligining tektonik rejimi va ular sedimentatsiyasining tabiiy-geografik sharoitlariga bogʻliq holda fazoviy oʻzgarishlarini aks ettiradi. Bir xaritada belgilar majmuasining bir biriga mos holda tasvirlash belgilashning turli sistemalari yordamida: qatlamlar litologik tarkibi — shtrix belgilari b-n; ularning qalinligi — uzluksiz chiziklar (izopaxitlar) b-n; paleogeografik sharoitlar quyuq rangli fonda; chaqiq jinslar va oqimlar yoʻnalishi — harakat chiziqlari (strelka) b-n; oʻziga xos autigen minerallar va litologik fatsial hamda iqlim zonalari chegarasini belgilovchi organik krldiklari — masshtabdan tashqari shartli belgilar bilan amalga oshiriladi. Barcha shartli belgilar ularning izohlari bilan shartli belgilar jadvaliga olib chiqiladi.

L.-f. x. xaritalashtirilayotgan region oʻramida quruqyaik va suv havzalarining u yoki bu geologik davrda taqsimlanishi, quruqlik va dengiz tubining taxmin qilingan relyefi, qadimgi daryo vodiylari holati, turli choʻkishshlar toʻplangan joylar, iqlimiy zonallik va oʻtmishning boshqa tabiiy-geografik holatlarini aks ettiradi. Regionning barcha choʻkindilari kesmasini uzluksiz (asrma-asr) qamrab olgan L.-f. x. seriyasi choʻkindilar toʻplanishi va mu-hitning tabiiy geografik taraqqiyotini aks ettiradi va ular oʻrtasidagi bogʻliklikni aniklashga hamda fauna va floraning sharoitlari va tarqalishini va chukindi, foydali kazilmalarning shakllanishini tiklashga imkon beradi. L.-f. x. 1967—69 y. larda nashr etilgan 4 jildli «Litologiya-paleogeografik xaritalar atlasi»da berilgan.