LI SUN SIN

LI SUN SIN (1545-98) – Koreya harbiy arbobi va milliy qahramoni. 1592—98 y. lardagi Imdin urushlari davrida u qoʻmondonlik qilgan koreys floti yapon flotini tor-mor keltirgan. Jangda halok boʻlgan.