LISTER

LISTER (Lister) Jozef (1827.5.4, Apton, Esseks grafligi — 1912.10.2, Uolmer, Kent grafligi) — ingliz xirurgi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1860) va prezidenti (1895 — 1900). Xirurgiya amaliyotiga antiseptika usulini joriy kilgan (1867). Sut achituvchi bakteriyalarni topgan, koʻz yey (rangdor) pardasining muskullarini birinchi boʻlib tasvirlab bergan. Asosiy ilmiy ishlari anatomiya, gistologiya va mikrobiologiya masalalariga oid.