LISTVENIT

LISTVENIT — asosan, talk, xlorit va pirit aralashmali kvarskarbonatli tarkibga ega metasomatik togʻ jinsi. Rangi och yashil, baʼzan sariq, kulrang. Zichligi 2800—3100 kg/m3. L. serpenitlar va b. asosli va oʻta asosli jinslarning listvenitlanish jarayoni natijasida hamda muvofiq tarkibdagi metamorfik va karbonatli jinslar hisobiga vujudga keladi. Listvenit ilk bor Rossiya (Ural)da aniqlanib, nemis geologi G. Roze (1842) tomonidan taʼriflangan.

Listvenitning Oʻzbekistonda Sultonuvays togi, Qizilqum va b. joylarda borli-gi maʼlum. Odatda, oltinning minerallanishi ular bilan bogʻliq.