LINIMENTLAR

LINIMENTLAR (lot. linio — surtaman) — suyuq maz. Sirtga surtish uchun qoʻllanadigan dori shakli. Ular atalasimon yoki yelimshaksimon massa boʻlib, surtganda tana haroratida erib badanga singib ketadi. Salqin joyda saqlanadi. Koʻproq teri kasalliklarida tavsiya etiladi.