LIMPOPO

LIMPOPO, Timsohli daryo — Jan. Afrikadagi daryo. Uz. 1600 km, havzasining mayd. 440 ming km2. Eng katta irmogʻi — Ulifants. Vitvatersrand tizmasining shim. yon bagʻridan boshla-nadi. Mozambik pasttekisligidan oʻtib, Hind okeaniga quyiladi. Yuqori qismida qurgʻoqchil yerlardan oqib oʻtgani uchun suvi kam, quyi qismida bir necha irmoq quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 800 m3/sek. Yozda yogʻingarchilik davrida daryoning quyi oqimida suv sathi 5—7 m koʻtariladi. Quyilish joyidan boshlab 160 km masofada yil davomida kema qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi.