LIMASOL

LIMASOL, Lemesos — Kipr jan. dagi shahar. Limasol okrugining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Aholisi 192,5 ming kishi (1999). Vino va konyak i. ch. markazlaridan. Toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati, qurilish materiallari i. ch. korxonalari, arxeologiya muzeyi bor. 13—17-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.