LIYEPAYA

LIYEPAYA (1917-y. gacha rasmiy nomi Libava) — Latviyadagi shahar (1625-y. dan). Boltiq dengizidagi muzlamaydigan port. T. y. tuguni. Aholisi 89,4 ming kishi (2000). Baliq ovlash floti bazasi. Metallurgiya, mashinasozlik, oziqovqat, yengil, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Ped. in-ti, 2 teatr, tarix va badiiy muzeylar mavjud. Dengiz boʻyi balneo-balchiq va iqlim kurorti. A. qoʻlyozmalarda 1253-y. dan tilga olingan.