LIVON URUSHI

LIVON URUSHI (1558-83) – Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqish uchun Livon ordeni, Shvetsiya, Polsha va Buyuk Litva knyazligi (1569-y. dan — Rech Pospolita)ga qarshi urushi. Livon urushi 3 bosqichda boʻlgan: 1-bosqich (1561-y. gacha) — Livon ordenining tor-mor etilishi bilan tugagan; 2-bosqich (1578-y. gacha) — rus qoʻshinlari vaqt-vaqti bilan muvaffaqiyatli janglar olib borganlar va 1577-y. yozida Boltiq boʻyidagi bir qancha qalʼalarni egallaganlar; 3-bosqich (1579-y. dan) — rus qoʻshinlari Stefan Batoriyning armiyasi va shved qoʻshinlariga qarshi mudofaa janglari (Pskov mudofaasi, 1581—82 va b.) olib borganlar. Rossiya uchun noqulay boʻlgan Yam-Zapolskiy (1582) va Plyus-sa bitimlari (1583)ni imzolash bilan tugagan.