LIBERIYA

LIBERIYA (Liberia), Liberiya Respublikasi (Republic of Liberia) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 111,4 ming km2. Aholisi 3,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Monroviya sh. Maʼmuriy jihatdan 14 graflik (country) va 4 xudud (territory) ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Liberiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986-y. kabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1997-y. 2 avg. dan Ch. Teylor). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan iborat: vakillar palatasi va senat.

Tabiati. Sohili birmuncha parchalangan pasttekislik, koʻp joylarida tokembriy kristalli zamini yer yuziga chiqib yotadi. Yer yuzasi mamlakat ichkarisiga tomon balandlashib, Leon-Liberiya qiriga ulanib ketadi. Eng baland joyi 1381 m (Kolaxun togʻi). Te-mir, olmos, oltin, boksit, grafit, marganes, uran konlari bor. Iklimi issiq va sernam. Oylik oʻrtacha t-ra 24° atrofida. Yillik yogʻin ichki r-nlarida 1500—2000 mm, sohilda 5000 mm gacha. Daryo koʻp; ularning aksari Leon-Liberiya qiridan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Katta daryolari: Mano, Loffa, Sent-Pol, Sent-Jol, Sess va b. L. hududining 1/3 qismi doim yashil kalin ekvatorial oʻrmonlar. Tuprogʻi qizil-sariq laterit tuproq. Qi-zil, palisandra, kauchuk (geveya) va b. qimmatbaho daraxtlar usadi. Kofe daraxti, moyli palmalar ham bor. Liberiyaning Gvineya Respublikasi bilan che-garadosh qismlari baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi hamda akatsiya va baobabli savannadan iborat. Sohili mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Savannalarda buyvol, kiyik, qoplon, toʻngʻiz va b. uchraydi. Oʻrmonlarda maymun, ilon, qush, hasharotlar (setse pashsha) koʻp. Sapo milliy bogʻi va b. koʻriqxonalar bor.

Aholisining koʻpchiligi mande xalqlari (kpelle, loma, mano va b.) tillarida soʻzlashuvchi oʻzaro yaqin xalqlardan iborat. Liberiyaning jan. qismida va sohilda Gvineya guruhiga mansub xalqdar (kru, grebo, kran, gere va b.), shim.-gʻarbida atlantika guruhi tiliga mansub xalqlar (gola, kisi va b.) yashaydi. Aholining 2% amerikalik negrlar av-lodlari. Shahar aholisi 46%. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining aksari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon va xristian. Yirik shaharlari: Monroviya, Ganta, Byukenen, Xarper, Robertspor.

Tarixi. Liberiya xalqining qad. tarixi kam oʻrganilgan. 15-a. ning 2-yarmidan hoz. Liberiyaning sohil qismida yevropaliklar (portugallar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar) paydo boʻla boshladi. 1821-y. AQSHdan kelgan bir guruh sobiq qul negrlar mahalliy qabila boshliklaridan Mesurado burunini sotib oldilar. Bu yerda AQSH prezidenti J. Monro sharafiga Monroviya nomi bilan manzilgoh barpo qilindi. Keyinchalik bir qator aholi yashaydigan hudud Liberiya nomini oldi. 1834—36 y. larda Merilend, Bassa-Kov, Grinvill kabi shaharchalar paydo boʻldi. 1839-y. 1 apr. da mazkur manzilgohlarning (Merilend bundan istisno, u 1857-y. L. respublikasiga qoʻshildi) barchasini federatsiya asosida birlashtiruvchi L. Hamdoʻstligi tuzshtdi. 1847-y. 26-iyulda Liberiya respublika deb eʼlon qilindi. Oʻzlarini amerikalik liberiylar deb atagan muhojirlar davlat idoralarida va iqtisodiyotda hukmron mavqeni egalladilar. Lekin mamlakat iqtisodiyoti deyarli chet elliklar taʼsirida edi. 1918-y. boshlarida Liberiya 1-jahon urushi (1914— 18) da Antanta tomonida qatnashdi.

2-jahon urushi (1939—45) yillarida Liberiya 1944-y. da fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. Urushdan keyin Liberiya hukumati mamlakatdagi tub aholi bilan amerikaliklarning avlodlari oʻrtasidagi tengsizlikni tugatish maqsadida «birlashish siyosati», shuningdek, mam-lakatda yagona xalq — liberiylar yashashligini eʼlon qildi. 1945-y. tub aholi erkaklariga saylash va davlat muassasalarida ishlash huquqi berildi. 1980-y. da S Dou boshchiligidagi askar va kichik zobitlar davlat toʻntarishi uyushtirdilar. Hokimiyat Xalq najot kengashi qoʻliga oʻtdi. 1989-y. da Milliy vatanparvar jabhasi Charlz Teylor boshchiligida prezident S. Douning isteʼfoga chiqishini talab qilib, qurolli kurash boshladi. 1990-y. 2 sent. da «Liberiya kelajagiga bagʻishlangan milliy anjuman»da muvaqqat hukumat tuzildi va prezident S. Dou agʻdarib tashlandi. 1993-y. iyulda mamlakatdagi uch siyosiy kuch oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bi-timni imzoladi. Saylovgacha oliy hokimiyatni boshqaruvchi Davlat kengashi tuzildi. Lekin belgilangan mud-datda mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishilmadi. 1995-y. 19 avg. da bir-biriga qarshi boʻlgan 5 guruh yetak-chilari mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish toʻgʻrisidagi yangi bitimni im-zoladilar. Oʻtish davri uchun yana hoki-miyatning oliy organi — Davlat kengashi tuzildi va u umumiy demokratik saylov oʻtkazishga tayyorgarlikni boshladi. 1997-y. 19-iyulda oʻtkazilgan say-lovda mamlakat prezidenta va parlamenta saylandi. Liberiya — 1945-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 iyul — Mustaqillik kuni (1847).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy vatanparvar partiya, Liberiya milliy-demokrat partiyasi, Umumliberiya koalitsiyasi partiyasi — uchchalasi 1996-y. da tuzilgan, Birlik partiyasi, 1997-y. da asos solingan. Liberiya kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1980-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Liberiya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 17%, shu jumladan, konchilik sanoa-tining ulushi 10%. Xoʻjalikning yetakchi tarmogʻi — tabiiy kauchuk i. ch. va temir ruda qazib olish (Afrikada 1-oʻrinda).

Qishloq xoʻjaligi. L. xududining 35% ishlanadi, 2% yaylov, 33% oʻrmon. Dehqonchilikda maniok, batat, sholi ekiladi. Moyli palma, kakao, tropik mevalar, shakarqamish ham yetishtiriladi. Yovvoyi kofe mevasi teriladi. Sino daryosi vodiysida bananzorlar bor. Chorvachilik sust rivojlangan. Savannalarda kammahsul qoramol, baʼzi oʻrmonli joylarda va sohillarda qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho turdagi daraxtlar yogʻochi tayyorlanadi.

Sanoati. Liberiyada konchilik sanoati birmuncha rivojlangan. Bomi-Xilsdan, Nimba togʻi etaklaridan, Mano daryosi vodiysidan temir rudasi t. y. orqali portlarga keltiriladi. Loffa daryosi havzasida olmos, qis-man oltin qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoati neftni qayta ishlash, sement va yogʻoch tilish, palma moyi, alkogolsiz ichimliklar korxonalari, kiyim-kechak, poyabzal f-kalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 450 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Hunar-mandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan.

Transportning asosiy turi — avtomobil transporta. T. y. uz. — 560 km, avtomobil yoʻllari uz. — 8500 km. Dengiz savdo floti dunyodagi yirik savdo flotlaridandir. Liberiya jahon kema qatnovi tizimida alohida mavqega ega. Soliqning juda ozligidan foydalanib, bir qancha mamlakatlar kompaniyalarining kemalari Liberiya bayrogʻi ostida suzadi. Bundan Liberiya har yili 20 mln. dollargacha daromad oladi. Yirik portlari: Monroviya, Byukenen, Marshall, Xarper. Robertsfild (Monroviyadan 60 km) va Monroviyada xalqaro aeroportlar bor.

Liberiya chetga temir ruda, kauchuk, olmos, kofe va kakao, yogʻoch va taxta chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, toʻqimachilik va neft mahsulotlari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdoda AQSH, Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liberiya dollari.

Sogʻliqni saqlash asosan davlat ixtiyorida. Vrachlar Liberiya un-tida, tibbiyot milliy in-tida tayyorlanadi.

Maorifi va ilmiy muassasalari. Liberiyada amerikacha oʻqish tartibi joriy etilgan, oʻqish ingliz tilida olib boriladi. 4—6 yoshdagi bolalar bogʻchalarda tarbiyalanadi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 y., oʻrta maktabda 6 y. Rasman 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablarida oʻqish bepul, oliy oʻquv yurtlarida pulli. Oliy oʻquv yurtlari: Monroviyadagi davlat unti (1862, 1951-y. dan un-t), Kattington un-t kolleji (1889), Texnologiya kolleji (1978). Ilmiy muassasalari: Suakokodagi markaziy tajriba st-yasi (1946), Xarbeldagi tropik tibbiyot in-ti, geogr. va qora metallurgiya jamiyati va b. L. davlat un-tining kutubxonasi, Monroviyada hukumat ku-tubxonasi, Milliy va Afrika muzeylari bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Liberiyada bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: «Deyli observer («Kundalik kuzatuvchi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981-y. dan), «Gerald» («Xabarchi», ingliz tilidagi gaz., 1987-y. dan), «Sandi pipl» («Yakshanbada xalq», ingliz tilidagi gaz.,), «Sandi ekspress» («Yakshanba ek-spressi», ingliz tilidagi gaz.,) «Laybirian star» («Liberiya yulduzi», ingliz tilidagi haftalik jur., 1954-y. dan). Liberiya axborot agentligi 1978-y. da tuzilgan. Liberiya radioeshittirish tizimi hukumat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati boʻlib, 1960-y. tashkil etilgan.

Adabiyoti. Kru, vai, malinke va b. xalqlar, ingliz tilida soʻzlaydigan amerikalik negrlarning avlodlari folklor (ertak, afsona, masal, maqol va b.) ga boy. 1957-y. nashr etilgan «Grebo qabilasining tarixiy afsonalari va folklori» kitobida uning ayrim namunalari berilgan. 19-a. ning 30-y. larida M. D. Bukre vai xalqi tilida shu xalqning ilk tarixini yezdi. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida rav-naq topdi. Adabiy kuchlar Yozuvchilar jamiyati atrofiga toʻplanishgan. Bayti Mur («Yulduz changi» sheʼrlar toʻplamining muallifi), Liberiya un-tining prof. R. T. Dempster (L. adabiyoti antologiyasini tuzgan), yozuvchi Doris Benks Xenris, shuningdek, Edip Brayt («Kundalik» pyesasining muallifi) Liberiyaning mashhur adiblari hisoblanadi. Liberiya adiblarining eng yaxshi asarlari mustamlakachilarni krralaydi, vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etadi.

Meʼmorligi va xalq sanʼati. Liberiyaning markaziy hududlarida turar joylar, asosan, aylana, qisman toʻrtburchak sinchli kulbalardan iborat. Bu kulbalar loy bilan suvaladi, tomi, odatda, poxol, shox-shabba bilan yopiladi. Devorlari naqsh, yogʻoch oʻymakorligi bilan be-zatiladi. Sohillardagi shaharlarda (Monroviya va b. shaharlarda) 2—3 qavatli sinchli yogʻoch uylar (devorining pastki qismi betondan), shuningdek, ayvonli tosh uylar koʻp. Keyingi yillarda yirik jamoat binolari zamonaviy Yevropa meʼmorligi uslubida kurila boshladi. Turli diniy marosimlarda kiyiladigan kiyimlarning bir qismi boʻlib xizmat qiladigan yogʻoch ni-qoblar koʻp tayyorlanadi. Bu niqoblarning baʼzilarida xalqning etnik xu-susiyatlari, ayrimlarida masxarabozlik unsurlari koʻrinadi. Xalq sanʼati turlari orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻquvchilik, mayda-chuyda metall anjomlar tayyorlash keng tapqalgan.

Musiqasi. Liberiya xalqlarining musiqa sanʼati folklordan iborat. Nikoh, mehnat qoʻshiqlari, alla, marsiya kabi qoʻshiq turlari bor. Urma cholgʻular, torli-chertma sozlar keng tarqalgan. Musiqa asboblari orasida sansa (Afrika pianinosi), naysimon, trubasimon sozlar ham bor. 1963-y. L. drama va madaniyat jamiyati tuzilgan. Mazkur jamiyat qoshida xonanda va sozandalar guruhi tashkil etilgan. Jamiyatning Kenema qishlogʻidagi maktabida boʻlajak artist va musiqachilar taʼlim oladi. «Kizga oʻrmondan muhabbat keldi» xalq musiqali dramasi shuhrat qozondi.

Kinosi. 1959-y. da yaratilgan «Liberiya — istiqbol mamlakati» nomli hujjatli kinolenta Liberiyaning birinchi filmidir. Shundan keyin «Umid qishlogʻi», «Oʻrmon boyligi», «Taqdir yillari» hujjatli filmlari yaratildi.