LYOSSLI PLATO

LYOSSLI PLATO, Lyossli tekislik (xitoy tilida Xuantugaoyuan) — Xitoydagi tabiiy oʻlka. Xuanxe daryosi havzasining oʻrta qismida. Jan. da Sinlin, sharqda Tayxanshan tizmalari, shim. da Ordos choʻli, shim.-gʻarbda Alashan choʻli, gʻarbda Kunlun tiz-malari b-n chegaralangan. Mayd. 430 ming km2. Relyefi asosan, sertepa yassi tekislik boʻlib, bal. 1200—1500 m (baʼ-zi tizmalarning bal. 2500. ga yetadi). Geologik jihatdan Lyossli plato lyoss bilan krplangan qalin mezozoy stqiziklari bilan toʻlgan botiqdir. Lyoss qoplamining qalinligi 100—250 m. Deyarli toʻliq eroziyaga uchragan (1 km2 da 5—6 km li jarliklar bor, chuq. 100—150 m ga yetadi). Iqlimi quruq sovuq qishli va yozi issiq moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —8° dan jan. da — 4°gacha, iyulniki shim. da 22° dan jan. da 24°gacha. Yiliga 500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Daryolar chuqur daralardan oqadi va juda katta miqdorda oqiziq olib ketadi. Lyossli tuproqlarning unumdorligi sababli, hududining katta kismi oʻzlashtirilgan, yon bagʻirlar sunʼiy terrasalangan. Paxta, tariq, gaolyan, bugʻdoy ekiladi. Tabiiy oʻsimliklar faqat oʻzlashtirish noqulay yerlardagina saqlanib qolgan. Toshkoʻ-mir konlari bor. L. p. da aholi zich. Yirik shaharlari — Sian, Tayyuan.