LESHCHINA, oʻrmon yongʻogʻi (Corylus) — qayindoshlar oilasiga mansub daraxt; barg toʻkuvchi butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning oʻrmon zonalarida 20 turi maʼlum. Oddiy turi — oʻrmon yongʻogʻi (C.avellana) koʻp tarqalgan. Uzoq Sharqda manjuriya L. si (S. mandshurica), turli bargli Leshchina (S. heterophylla) uchraydi. Kavkazda oddiy turidan tashqari daraxtsimon Leshchina, kolxida L. si (C.colchica), pontiy Leshchinasi (S. pontica) turlari usadi. Kavkaz va Qrimda yirik funduk yoki lombard yongʻogʻi (S. maxima) ekiladi. Leshchinadan ihota oʻrmonzorlari barpo etiladi. Boʻyi 2—5 m (gohida 8 m)gacha boʻladi. Guli ikki jinsli; otaliklari kuchalaga, onaliklari ikki gulli toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — bir uyali, bir urugʻli yongʻoq. Nam va unumdor tuproqlarda, ayniqsa, sur oʻrmon va qora tuproqlarda yaxshi usadi. Issiqqa va namlikka talabchan. Daraxti ekilgandan soʻng 5—6 yili hosilga kiradi. Bir tupidan 8 kg gacha yongʻoq olinadi. Yongʻoq tarkibida 60—70% moy mavjud. Urugʻidan, bachki novdalaridan, parxish qilib koʻpaytiriladi. 80 yildan koʻp yashaydi.
Abdushukur Xonazarov.