LEPIDODENDRON

LEPIDODENDRON (yun. lepis – tangacha, qipiq va dendron — daraxt) — lepidodendrondoshlar oilasiga mansub, urugʻi qurib ketgan plaunsimonlar turkumi. Boʻyi 20—30 m, tanasining pastki qismi diametri 2 m ga yaqin, yuqori qismi dixotomik shoxlangan, tanasi qipiqsimon poʻstloq bilan qoplangan. Lepidodendronning poʻstlogʻi hoz. oʻsimliklar singari koʻchib tushmasdan qalinlashib boradi. Lepidodendron toshkoʻmir va perm davrida tropik mintaqada keng tarqalgan. Lepidodendron qoldiklari toshkoʻmir qatlamlarining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.