LEONIDZE Georgiy Nikolayevich

LEONIDZE Georgiy Nikolayevich [1899.15(27). 12, Patordzeuli qishlogʻi — 1966.9.8, Tbilisi] — Gruziya xalq shoiri (1959). Gruziya FA akad. (1944). Gruziya FA Shota Rustaveli nomidagi Gruzin adabiyoti inti direktori (1957-y. dan). «Ninosmind kechasi», «Qipchoq bilan uchrashuv», «Sesarka», «Kalila va Damana» kabi lirik asarlar yaratgan (1924—25). Kishilarning mashaqqatli mehnati, nozik dil kechinmalari Leonidze ijodida bosh mavzu boʻlgan. 30-y. larda yozgan sheʼrlari, asosan, zamondoshlarining hayoti, insoniy goʻzallik, xalqlar doʻstligi haqida. 2-jahon urushi yillarida yaratgan asarlari gruzin jangchilarining qahramonliklariga bagʻishlangan. «Samgori» (1950), «Portoxala» (1951) kabi dostonlarida xalq tarixi aks etgan, bularda nozik lirizm koʻzga tashlanadi. «Sexrli daraxt» (1962) xotiralar kitobi esa Kaxetiyaning oʻziga xos manzaralarining jonli tasviridir. Leonidzening «Oq choʻqqilar» asari oʻzbek tilida nashr etilgan (1973).