LEND Emiliy Xristianovich

LEND Emiliy Xristianovich [1804.12(24).2, Tartu – 1865.29.1(10.2), Rim] — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg FA akad. (1830). Asosiy ilmiy ishlari elektromagnetizm masalalariga oid. Induksion toklar yoʻnalishini aniklash uchun Lens qoidacini yaratgan (1833). B. S. Yakobi bilan hamkorlikdagi «Elektromagnitlar qonunlari haqida»gi ishida elektromagnitlarni hisoblash usulini bergan (1838 — 44), J. Joul ochgan elektr tokining issiqlik xarakatini aniq tajribalar bilan asoslab bergan (q. Joul—Lens qonuni) (1842). U elektr mashinalarda elektr yurituvchi kuchning kamayishi sabablarini aniklab, uning generatorning aylanish tezligiga bogʻliq emasligini va uning asosiy sababi yakorda induksiyalanadigan tok (yakorning oʻzinduksiyasi) ekanligini taʼkidlagan. Oʻzgaruvchan tok egri chizigʻini oʻrganish uchun moʻljallangan asbob ixtiro qilgan. Metallar qarshiligining t-raga bogʻliqligini aniqlash, Om qonunini asoslash, magnit oqimini oʻlchash uchun ballistik usul yaratishga (B. S. Yakobi bilan birgalikda) doir ishlar muallifi. Lend tabiiy geografiya sohasida ham tadqiqotlar oʻtkazib, qutbiy va tropik kengliklardagi t-ralar farqini oʻrgangan, u yerlardagi dengiz oqimining sabablarini — okeanlarning sirkulyatsiya qonunini aniqlagan.