LEMURLAR

LEMURLAR, chala maymunlar, makilar (Lemuroidae) — primatlar turkumiga mansub sut emizuvchilar kenja turkumi. Tanasining uz. 12—72 sm, juni kalin, yaltiroq. Tumshugʻi choʻziq, koʻzi va quloklari katta, koʻpchiligining dumi uzun. 2 juft sut bezlari, 9 taga yaqin hid bilish moʻylovi bor. Madagaskar L. ining kalla suyagi choʻziq, boshqa turlari (lorilar)da qisqa. Orqa oyoqlari oldingisidan uzun (ayniqsa, sakrovchi turlarida). Oyoq va qoʻl barmoqlari daraxt shoxlariga osilib yurishga moslashgan. Boʻgʻozlik davri 3 — 5 oy. 1 ta bola tugʻadi. Lemursimonlar va lorisimonlar oilasiga boʻlinadi. Tunda faol, kunduzi daraxt kovaklarida yoki uyasida uxlaydi. L. Afrikaning tropik oʻrmonlari, Madagaskar oroli, Jan.-Gʻarbiy Osiyo, Shri Lanka va Zond o. larida keng tarqalgan. Lemurlar har xil mevalar, barglar, hasharotlar, qushlarning tuxumi va joʻjasi bilan oziklanadi.