LEYSIN

LEYSIN (leyko…) , aminoizokapron kislota, – monoaminomonokarbon aminokislota q(. Aminokislotalar); rangsiz kristall modda. Mol. m. 131,18, suyuklanish t-rasi 293—295° (parchalanish b-n), sovuq suvda yomon eriydi, 1820-y. da fransuz olimi A. Brakonno muskul toʻqimasidan olgan. Hayvon va oʻsimlik organizmidagi oqsillar tarkibiga kiradi. Odam va hayvon organizmida sintezlanmagani sababli almashtirib bulmaydigan aminokislotalardan biri hisoblanadi. Ovqatda Leysin boʻlmasa, azot balansi buziladi va yosh bolalar oʻsmay qoladi. Jigar kasalliklari, anemiya, baʼzi psixik kasalliklarni davolashda boshqa aminokislotalar bilan birga ishlatiladi.