LEYKODERMA

LEYKODERMA, leykopatiya — teri pigmenti (melanin)ning kamayishi yoki butunlay yoʻqolishi tufayli terining ayrim joilarida oq mayda doglar paydo boʻlishi. Ilgari boʻlib oʻtgan teri kasalliklari (ekzema, temiratkilar va b.) oqibatida, baʼzi dorilar taʼsirida yoki umumiy kasalliklar (ikkilamchi zahm va b.)ning belgilaridan biri sifatida paydo boʻlishi mumkin. Chin va soxta Leykoderma farq qilinadi. Davo kasallikning asosiy sababini bartaraf qilishga qaratiladi.