LEZGINLAR (oʻzlarini lezgiyar deb atashadi) — xalq. Dogʻistonda (204 ming kishi), Ozarbayjonda (171 ming kishi), RFda (260 ming kishi), Qozogʻistonda (14 ming kishi), Turkmanistonda (10 ming kishi) yashaydi. Umumiy soni taxm. 470 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Dogʻistonning togʻlik aholisini adabiyotlarda 19-a. va 20-a. boshlarida Lezginlar deb atashgan Lezgin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, shialar ham bor. L., asosan, dehqonchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, hunarmandlik (gilam toʻqish, yogʻoch, temir va charmga ishlov berish) va kulollik bilan shugʻullanadi.