LAXUD

LAXUD Emil (1936.10.10, Livan) — Livan davlat arbobi. Harbiy-dengiz kollejini tugatgan (1959). 1959-y. dan Livan harbiy-dengiz kuchlari bazasida, soʻng mudofaa vazirligida xizmat qilgan. 1989-y. dan Livan qurolli kuchlari qumondoni. 1998-y. 15 okt. dan Livan Respublikasi prezidenti.