LATEN MADANIYATI

LATEN MADANIYATI — temir davri arxeologik madaniyati. Gʻarbiy va Oʻrta Yevropada yashagan keltlarning madaniyati (mil. av. 5-a. — mil. 1-a. lar). Laten madaniyatiga doyr qad. qishloq, shahar, qabriston, xazinalar aniklangan. Laten madaniyatiga mansub aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan.