LARGO

LARGO (ital. Largo — keng) — musiqada eng sekin ijro surʼatining belgisi. Asosan, ulugʻvor, tantanavor hamda motamsaro asarlarda, keng, vazmin va ravon kuy rivojiga nisbatan ishlatiladi. Dastlab (17-a. da) faqat sarabanda raqsi uslubida ijro etilgan asarlarda koʻllanilgan. 18-a. dan (ayniqsa, Betxoven ijodidan boshlab) oʻta salobatli talqinga ega boʻldi.