LARAMIY BURMALANISHI

LARAMIY BURMALANISHI — boʻr davri oxiri va paleogen davri boshlarida sodir boʻlgan burmalanish. Shim. Amerikaning Qoyali togʻlari hamda Jan. Amerikaning And togʻlarida kuchli kechgan. Yevropa va Osiyoda alp tek-togenezi fazalaridan biri deb qaraladi. Oʻrta Osiyoda faqatgina parallel stratigrafik nomuvofiqlik bilan ifodalangan.