LAPAS QALAY KONI — Zirabuloq togʻlarining jan.-gʻarbida joylashgan kon. 1952—56 y. larda Qarnob i. ch. kombinata ruda qazib olgan. Konning geologik tuzilishida yuqori silur sistemasiga kiruvchi marmarlashgan ohak-toshlar, qumtoshlar, slaneslar ishtirok etgan. Ularni har xil kattalikdagi lamprofirli daykalar yorib chiqqan.
Ruda tanalari 80 m chuqurlikkacha togʻ lahimlari va parma quduqlari yordamida ochilgan. Ularning barchasi shim,gʻarb yoʻnalishidagi tik yotuvchi yer yorigʻi boʻylab rudalashgan zonani tashkil etadi. Zonaning qalinligi 10—40 m, uz. 250 m. Yondosh jinslar kvarsseritsitga aylanib ketgan lamprofir daykalari, kvars tomirlari va dolomitlashgan ohaktoshlardan tarkib topgan.
Lapas qalay koni karbonatli-kassiterit xolxolli, tomirli va uyasimon birikmalarni tashkil etadi. Yoʻldosh minerallar sifatida galenit, sfalerit, xalkopirit va arsenopirit uchraydi. Ruda uyumlari ustun shaklida. Ulardagi qalayning oʻrtacha miqsori 3%. Konning rudaga boy qismi qazib olingan.