LANKASTERLAR

LANKASTERLAR (Lancaster) – Angliyadagi qirollar sulolasi (1399 — 1461). Plantagenetlar tarmogʻi. Sulola vakillari: Genrix IV, Genrix V, Genrix VI. Kizil va oq gullar urushi davrida (1455—85) hokimiyatni yorklar sulolasiga topshirgan.