LANDSHAFT QOBIGʻI

LANDSHAFT QOBIGʻI — geografik qobiqning sinonimi. Baʼzan Landshaft qobigʻi deganda geografik qobiqning bir kismi (quruqlikning landshaft kompo-nentlari oʻzaro taʼsirda boʻladigan yupqa qatlami) tushuniladi. Landshaft qobigʻi hoz. nurash poʻstini, tuproq-oʻsimlik qoplamini, barcha tirik organizmlarni va havoning yerga tutashib turgan quyi qismini oʻz ichiga oladi. Landshaft qobigʻining qalinligi kugbiy oʻlkalarda 10 m dan ekvatorial oʻrmonlarda 100—150 m gacha yetadi.