LAMINARIYASIMON SUVOʻTLAR

LAMINARIYASIMON SUVOʻTLAR (Laminariales) — qoʻngʻir suvoʻtlar tartibi. Dengiz suv oʻtlarining eng yirigi, uz. 1 — 15 m, baʼzan 60 m gacha. Tanasi oddiy yoki shoxlangan, asosi bir yoki bir nechta plastinkadan iborat; oʻtkazuvchi toʻqimalari — elaksimon naychalar fotosintez mahsulotlarini tashiydi. Laminariyasimon suvoʻtlar interkalyar oʻsadi. Oʻsish zonasi plastinkaning asosidan boshlab poyaning uchki qismigacha joylashgan. Rizoidlari va tanasi, odatda, kup yillik; plastinkalari esa har yili yemirilib turadi. Yiliga bir marta zoosporalar hosil qiladi, ulardan mikroskopik gametofitlar oʻsib chiqadi. Jinsiy koʻpayishi — oogamiya. Urugʻlangan tuxum hujayra gametofitdyam — ajralmasdan yangi yirik tallom (sporofit) hosil qiladi. 30 turkumi, 100 ga yaqin turi bor; asosan, moʻtadil iqlimli va sovuq suvli dengizlarda oʻsadi. Uzoq Sharq va shimoldagi hamma dengizlarda tarqalgan. Tarkibida uglevodlar, vitaminlar karotin, alginat kislota va b. bor. Laminariyasimon suvoʻtlar sdan tayyorlangan preparatlar tibbiyotda surgi dori sifatida hamda buqoq, arterioskleroza» davolashda foydalaniladi. Laminariyasimon suvoʻtlar hayvonlarga ozuqa va q. x. da oʻgʻit sifatida foydalaniladi va isteʼmol qilinadi (q. Dengiz karami).