LAMBERT QONUNI — yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligining fazoviy burchaklar boʻyicha taqsimoti qonuni. 1760-y. da I. Lambert bayon etgan. Lambert qonuniga koʻra, yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligi har qanday yoʻnalishlarda bir xil boʻladi. Bu qonun yorugʻlik kattaliklari: mas, yorituvchanlik va ravshanlik; yassi sirtga oʻtkazilgan perpendikulyar (normal) bilan f burchak tashkil etgan yoʻnalish boʻyicha sochilayotgan yoruglik kuchi orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu formuladan koʻrinib turibdiki, yassi sirtdan sochilayotgan yorugʻlik kuchi perpendikulyar boʻyicha eng katta qiymatga ega boʻlib, f burchak kattalasha borgan sari uning qiymati kamaya boradi. Lambert qonuni mutlaq qora jismlar uchun oʻrinlidir.