LAMA

LAMA (tibetcha, aynan — eng ulugʻ) — lamaizm tarqalgan mamlakatlar (Tibet, Mongoliya, Qalmogʻiston)da budda monaxi. Lama tushunchasi 8-a. da Tibetda birinchi monastirga asos solingani va monaxlik jamoasi tashkil etilishi bilan paydo boʻldi. Tibetda avval oliy ilmiy daraja olgan va ustoz boʻlishga haqi boʻlgan monaxlar L. deb atalgan. Keyinchalik Tibetda va lamaizm tar-qalgan boshqa mamlakatlarda monaxlik axdini qabul qilgan har qanday shaxs L. deb ataladi. Dindorlar Lamani gʻayritabiiy fazilatlarga ega va ilohiy olam bilan gaplasha oladigan shaxs deb biladilar.