LAGOS

LAGOS — Nigeriyadagi shahar. Lagos shtatining maʼmuriy markazi. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻidagi Benin qoʻltigʻi sohili va unga yondosh orollarda joylashgan. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990-y. lar oxirlari). Lagos mamlakatning yirik siyosiy, iqtisodiy va maʼmuriy markazi. Mamlakatning eng muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. 15-a. oxirida hoz. Lagos oʻrniga portugallar kelib oʻrnashgan. 1861-y. da ingliz mustamlakachilari egallagan. 1914—60 y. larda ingliz mustamlakasi boʻlgan Nigeriyaning maʼmuriy markazi. 1960—92 y. larda Nigeriya poytaxti. Mamlakat sanoatining 1/2 kismi Lagosda toʻplangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik va b. sanoat korxonalari, radioapparaturalar z-di, kemasozlik va kema verfi, un-t (1862), milliy muzey, kutubxona bor.