LAVOCHKIN Semyon Alekseyevich

LAVOCHKIN Semyon Alekseyevich [1900. 29.8(11.9), Smolensk – 1960.9.4, Moskva] — rus aviakonstruktori, muhandis-texnik xizmati general-mayori (1944), ikki marta Mehnat Qaxramoni (1943, 1956). Moskvadagi Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1927). Samolyotsozlik boʻyicha bosh konstruktor (1935-y. dan). Uning rahbarligida LaGG-3 (1940), La-5 (1942), La-7 (1944) qiruvchi samolyotlar yaratildi. Keyinchalik Lavochkin tovushdan tez uchadigan La-190 va istalgan ob-havo sharoitida uchadigan L a-200 reaktiv qiruvchi samolyotlarini yaratdi.