LAVERAN

LAVERAN (Laveran) Sharl Lui Alfons (1845.18.6 – Parij – 1922.18.5) — fransuz epidemiologi va mikrobiologi. Parij FA (1901-y. dan) va Fransiya tibbiyot akad. aʼzosi (1893-y. dan). Parijdagi Paster in-tida tropik kasalliklar lab. ni tashkil etgan (1907). 1880-y. bezgak qoʻzgʻatuvchisini kashf qilgan. Ilmiy ishlari protozoy kasalliklar (bezgak, leyshmanioz, triponosomoz va h. k.)ning etiologiyasi, profilaktikasi hamda harbiy gigiyena masalalariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1907).