LAVA

LAVA (ruscha) , lahim (konchilikda) — foydali qazilma qatlami yoppasiga qaziladigan joy (zaboy), yer osti yoʻli; kon yoʻlaklarining oʻziga xos koʻrinishi. Lava tushunchasi birinchi marta Donesk koʻmir havzasining shaxtalarida qoʻllanilgan. Konning geologik tuzilishi va foydali kazilmani qazish usuliga qarab, Lava 25—350 m va undan ham uzun boʻladi. Lava lardan foydali qazilmalarni qazish, ortish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan.